14:22 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Hodisalar
Havola olish
221 0 0

Sirdaryo tumanida qalbaki 2,5 ming dollarni sotmoqchi boʻlgan shaxslar ustidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

TOSHKENT, 7 avg — Sputnik. Sirdaryo tumanida qalbaki 2,5 ming AQSH dollarini 1600 dollarga sotgan fuqarolar jinoyat ustida qoʻlga olindi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

Taʼkidlanishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Sirdaryo tuman boʻlimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, sirdaryolik ikki shaxs - O.A. va A.Mlar fuqaro D.X.ga har bir AQSH dollarini 7 ming soʻmdan hisoblab, qalbaki 2 300 AQSH dollarini 1600 AQSH dollariga sotishgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tadbir jarayonida ularning yonida sotish maqsadida saqlab kelingan qalbaki 200 AQSH dollari borligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan fuqaro O.A. va A.M.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular