03:04 06 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Hodisalar
Havola olish
651 0 0

Uchquduq tumanida eski oltin konidan tarkibida oltin zarralari boʻlgan toshlarni noqonuniy yoʻl bilan qazib olayotganlar ushlandi. Ulardan musodara qilingan qoplarda 230 million soʻmlik oltin borligi aniqlandi.

TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi “Aygul-partiya” eski oltin konidan tarkibida oltin zarralari boʻlgan toshlarni noqonuniy yoʻl bilan qazib olayotgan ikki fuqaro qoʻlga olindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Fuqaro T.J. oʻzining “Ford” avtomashinasida 17 ta qopga joylangan 1264 kg tarkibida oltin zarralari boʻlgan mayda toshlarni, fuqaro SH.M. esa xuddi shunday rusumli mashinasida 33 ta qopga joylangan 1654 kg toshlarni olib chiqib ketayotganida toʻxtatib qolingan.

Mutaxassislar fuqaro T.J. oʻzlashtirgan toshlardan 148 gr (89 mln soʻm), fuqaro SH.M.dan olingan toshlardan esa 234 gr (141 mln soʻm) miqdordagi oltin moddasi borligi aniqlashdi.

Hozirda Novoiy viloyati Uchquduq tumani IIB xodimlari mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Asosiy mavzular