12:51 30 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Hodisalar
Havola olish
390 0 0

Haydovchi Xovos tumanidan Dashtobod yoʻnalishiga qarab harakatlanib ketayotgan vaqtida oldinda ketayotgan avtomashinani quvib oʻtish uchun qarama-qarshi yoʻnalishga chiqqan va yuk mashinasining oldi tomoniga borib urilgan.

TOSHKENT, 11 avg - Sputnik. Kuni kecha Jizzax viloyatining Zomin tumanida dahshatli avariya sodir boʻldi, jarohatlanganlar orasida ikki norasida bor.

Oʻzbekiston IIV axborotiga koʻra, yoʻl-transport hodisasi Zomin tumani hududidan oʻtuvchi A-376 avtomobil yoʻlining 239-kilometrida sodir boʻlgan.

Maʼlumotlarga koʻra, 42 yoshli haydovchi R.A boshqaruvida boʻlgan "Lada Largus" Xovos tumanidan Dashtobod yoʻnalishiga qarab harakatlanib ketayotgan vaqtida oldinda ketayotgan avtomashinani quvib oʻtish uchun qarama-qarshi yoʻnalishga chiqqan. Va shu yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan 42 yoshli R.X. boshqaruvidagi "Isuzu" yuk mashinasining oldi tomoniga borib urilgan.

Natijada, "Lada Largus" yoʻlovchilari 31 yoshli X.B. (ayol) va 55 yoshli B.B. (ayol)lar hodisa joyida vafot etganlar. Avtomashina haydovchisi yoʻlovchilari 30 yoshli B.B. va uning 6 yoshli hamda 4 yoshli farzandlari turli tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Zomin tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (odamlar oʻlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular