Chirchiq shahrida avtoo‘g‘ri o‘smirlar bandasi qo‘lga olindi

© Sputnik / Konstantin ChalabovMujchina imitiruyet vskritie avtomobilya
Mujchina imitiruyet vskritie avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida jinoyatchilar protsessual tartibda ushlanib, ulardan o‘g‘irlangan buyumlarning bir qismi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan

TOShKENT, 14 avg - Sputnik. Chirchiq shahrida oqshomlari avtomobillarni tunash bilan shug‘ullangan o‘smirlar guruhi qo‘lga olindi, ular endilikda sudda javob beradi, deb xabar qilmoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati.

V Tashkente nachalos pervoe slushanie po delu ob ubiystve sportsmena Djamshida Kenjayeva v nochnom klube Aurum 898 - Sputnik O‘zbekiston
Kriminogen Toshkent: poytaxtda qotillik jinoyatlarining teng yarmini yoshlar sodir etgan

Ma’lum bo‘lishicha, to‘rt o‘smir (bir nafari muqaddam sudlangan)dan tashkil topgan banda talon-taroj ishlarini joriy yilning 27-iyunidan 5-iyuliga qadar bo‘lgan sanada amalga oshirgan.

Ular tungi vaqtda turli rusumdagi 5ta avtomashinalar old eshiklarini bir xil usulda buzib ochib, avtomashina ichidagi narsa-buyum va naqd pullarni talon-toroj qilishgan. O‘smirlar tomonidan mashina egalariga jami 12 410 000 so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida jinoyatchilar protsessual tartibda ushlanib, ulardan o‘g‘irlangan buyumlarning bir qismi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, E.B., F.M., M.K. va O.T., lar jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishliligi bo‘yicha jinoyat ishlari bo‘yicha sudga yuborilgan.

Yangiliklar lentasi
0