21:51 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Hodisalar
Havola olish
46202

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida sodir boʻlgan holat yuzasidan bayonot berdi.

TOSHKENT, 27 avg — Sputnik. Shu kunlarda turli ijtimoiy tarmoqlar orqali Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida joriy yil 23 avgust kuni kechki soat 22:30larda “Istiqlol” mahallasida joylashgan sunʼiy qoplamali futbol maydonida futbol oʻyini paytida yuzaga kelgan janjal oqibatida 16 yoshli Islom Xurramovning voqea joyida vafot etgani haqidagi xabarlar keng tarqaldi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ushbu holatni oʻrganib chiqib, quyidagilarni maʼlum qildi:

“2020 yil 23 avgust kuni kechki soat 22:30larda Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani “Istiqlol” mahallasida joylashgan fuqaro Aliqulov Zafar Toshpoʻlatovichga tegishli sunʼiy qoplamali kichik futbol maydonida futbol oʻynab turgan shu mahallada istiqomat qiluvchi 2004 yilda tugʻilgan, voyaga yetmagan Aliqulov Asrorbek Zafar oʻgʻli raqib jamoa safida futbol oʻynayotgan, shu mahallada yashovchi fuqaro Gʻaniyev Erkinning uyiga mehmon boʻlib kelgan Termiz tumani “Temiryoʻlchi” mahallasida istiqomat qiluvchi 2004 yilda tugʻilgan, voyaga yetmagan Xurramov Islom Maʼmur oʻgʻli bilan oʻyin davomida tortishib qoladi. Ular oʻyin vaqtida maydonni tark etib, oʻyingoh yon tomonida joylashgan “Istiqlol” MFY idorasi yonida janjalni davom ettirishadi. Natijada A.Aliqulov I.Xurramovning old koʻkrak oʻrta sohasiga urib, tan jarohati yetkazgan. Islom Xurramovning kuchli zarbdan sogʻligi yomonlashib, voqea joyida vafot etadi.

Taʼkidlash kerak, 2020 yil 23 avgust kuni Qiziriq tuman sport boʻlimi hamda tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabi tomonidan hech qanday sport tadbiri va musobaqa oʻtkazilmagan. Mazkur holat ham sport musobaqalari paytida sodir boʻlmaganligini maʼlum qilamiz.

Shuni ham qoʻshimcha qilish kerak, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda uning tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan sport tadbirlari karantin talablari asosida sanitariya-epidemiologiya qoidalariga amal qilingan holda oʻtkazilmoqda”, - deyilgan bayonotda.

Asosiy mavzular