15:34 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Hodisalar
Havola olish
28800

19 yoshli “Lacetti” haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, avval toʻxtab turgan “Captiva” bilan toʻqnashadi. Keyin harakatni davom ettirib, YPX xodimini ham urib yuboradi.

TOSHKENT, 2 sen — Sputnik. Poytaxtning Mirobod tumanida “Lacetti” haydovchi YPX xodimini urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yoʻl-transport hodisasi 1 sentyabr kuni soat taxminan 19:00 da tumandagi Shahrisabz koʻchasida sodir boʻlgan.

Maʼlum boʻlishicha, u yerda xizmat olib borayotgan YPX inspektori serjant S.U.  “Grand Mir” mehmonxonasi oldida 25 yoshli “Captiva” haydovchisi J.B. toʻxtatgan. Xodim haydovchining hujjatlarni tekshirib boʻlib, qaytarib bergan va transport vositasini aylanib oʻtib, yoʻl chetiga qarab yurgan.

V Tashkente voditel sbil sotrudnika DPS - foto
GUVD
V Tashkente voditel sbil sotrudnika DPS - foto

Shu vaqtda “Lacetti”ni ishonchnoma asosida boshqarib ketayotgan 19 yoshli T.M. boshqaruvni yoʻqotib, toʻxtab turgan “Captiva” bilan toʻqnashgan. Keyin harakatni davom ettirib, YPX xodimini ham urib yuborgan.

YTH natijasida 30 yoshli Salim Umarov tan jarohati olib, shifoxonaning jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.

Tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Toʻplangan materiallar qonuniy chora koʻrish uchun prokuratura organlariga yuboriladi.

Asosiy mavzular