19:32 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Hodisalar
Havola olish
177 0 0

Ayol styuardessa boʻlish orzusi amalga oshishini ikki yil davomida kutib kelgan. Ammo uning bu orzusi orzuligicha qoladigan boʻldi.

TOSHKENT, 9 sen - Sputnik. Toshkent shahri Yunusobod tumanida styuardessa boʻlishni orzu qilgan qiz firibgarga 1000 $ pulini berib yubordi. Bu haqda IIBB matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Yunusobod tumani ichki ishlar organlariga 28 yoshli Muhabbat YU. shu haqda murojaat qilgan.

Ayol oʻz arizasida ikki yil oldin tanishlari orqali aviakompaniyaga styuardessalikka joylashtirishni vaʼda qilgan andijonlik 26 yoshli Farxod A.ga nisbatan chora koʻrishni soʻragan.

Erkak oʻz xizmati evaziga qizdan oldindan 1000 AQSH dollari olgan. Ammo ishga joylamagan va olgan pullarni oʻz ehtiyoji yoʻlida sarflab yuborgan.

Mazkur fakt asosida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi ("Firibgarlik") boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Asosiy mavzular