Buxorodagi mushtlashuv yuzasidan IIB rasmiy munosabat bildirdi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovMujchina pokazivayet razbitiy kulak, arxivnoe foto
Mujchina pokazivayet razbitiy kulak, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxoroda ikki oila vakillari orasida sodir bo‘lgan mushtlashuv yuzasidan tergov-surishtiriuv ishlari olib borilmoqda - IIB.

TOShKENT, 15 sen - Sputnik. Buxoro viloyati Olot tumanida 5-sentabr kuni sodir bo‘lgan ikki ayol bir necha erkaklar janjallashayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. Buxoro viloyati IIB ushbu vaziyat yuzasida rasmiy ma’lumot berdi. 

Kontrolno-propusknoy punkt na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Qozog‘iston chegarasida migrantlar ishtirokida mushtlashuv yuz berdi

IIB xabarida aytilishiga ko‘ra, bir oila a’zolari va uning sobiq turmush o‘rtog‘i va uning qarindoshlari orasida sodir bo‘lgan. Ikki oila a’zolari bir birlarini haqorat qilib, urib tan jarohatlari yetkazishgan. Bir kishiga mashina bilan urib tan jarohati yetkazilgan. Ikki nafar ichki ishlar organlari xodimlari janjallashayotgan fuqarolarni ajratishga harakat qilishgan.

Ushbu holat Olot tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan. Mazkur holat yuzasidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, barcha ishtirokchilardan hamda mazkur janjalning guvohi bo‘lgan fuqarolardan tushuntirish xatlari olingan.

Holat yuzasidan janjalda ishtirok etgan barcha fuqarolarga yetkazilgan tan jarohatlarining og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, Olot tumani huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0