00:00 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
112 0 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi bir nechta fuqarolar murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazdi.

TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Qashqadaryoda soxta aktsiyalarni pullab moliyaviy piramida tashkil etgan shaxslarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi bir nechta fuqarolar murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazdi.

Unda T.R. va boshqalar oʻzlarini goʻyoki, “N.” xorijiy kompaniyasining Qashqadaryo viloyatidagi rasmiy vakili sifatida tanishtirib, 17 ta xorijiy kompaniyaning soxta aktsiyalarini sotish evaziga 2 ming nafarga yaqin fuqarodan jami 9 mln AQSH dollari yigʻib olishgan.

Shuningdek, yanada koʻproq pul mablagʻ jalb etish hamda mijozlar sonini orttirish maqsadida yigʻilgan 9 mln AQSH dollaridan 800 ming AQSH dollarini odamlarga foiz hisobida berishgan.

Bundan tashqari, T.R. oʻziga 78 ming AQSH dollariga “Volkswagen”, oʻgʻli A.N. nomiga 2 ta “Lasetti” rusumli avtomashinasini va Qarshi shahridagi savdo doʻkonini sotib olib, jinoiy faoliyatdan olgan daromadlarni legallashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan T.R. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular