23:32 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
42520

26 yoshli Z.M. uch yil ilgari BAAning Ajman shahriga fohishalik bilan shugʻullanish uchun borgan. Keyin bir tanishini BAA davlatiga fohishalik bilan shugʻullanish uchun yollagan.

TOSHKENT, 27 sen — Sputnik. Joriy yilning 5 aprel kuni BAA davlatining Ajman shahrida fohishalik bilan shugʻullanib yurgan Oʻzbekiston fuqarosi Z.M. qoʻlga olingan. 25 sentyabr kuni Dubay-Toshkent aviareysi orqali mamlakat hududiga olib kelindi. Bu haqda Oʻzbekiston IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Maʼlum boʻlishicha, 26 yoshli Z.M. 2017 yilda BAAning Ajman shahriga fohishalik bilan shugʻullanish uchun borgan. 2018 yilda Yangiariq tumanida yashovchi 26 yoshli E.G. ismli tanishini BAA davlatiga fohishalik bilan shugʻullanish uchun yollagan.

Shu bois unga nisbatan 2018 yilning 23 avgust  kunidan Oʻzbekiston JKning 135-moddasi 2-qismi (Odam savdosi) bilan  jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qidiruvga berilgan edi.  

Hozirda Z.M.ni Urganch shahri boʻyicha IIO FMB TBga topshirish choralari koʻrilmoqda.

Asosiy mavzular