22:12 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
501 0 0

Jinoyat qidiruv xodimlari 52 yoshli Abdugʻani X. 600 ming soʻm evaziga spa salonda ishrat uchun joy ajratib berganini aniqlashdi.

TOSHKENT, 30 sen — Sputnik. Toshkentda spa salonda intim xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq holat aniqlandi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

26 sentyabr kuni soat 22:5 da Uchtepa tumanida profilaktik tadbir oʻtkazilgan. Unda jinoyat qidiruv xodimlari 52 yoshli Abdugʻani X. 600 ming soʻm evaziga spa salonda ishrat uchun joy ajratib berganini aniqlashgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 131 moddasi 2 qismi (Qoʻshmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular