23:35 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
295 0 0

Hozirda ayblanuvchining 20 nafar xotin-qizdan shahvoniy maqsadlarda foydalanganligi aniqlangan. Xususan, Tailandga sotilgan 12 nafar fuqaroning shaxsi aniqlangan.

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Jizzax shahrida 22 yoshli yigitning odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlari fosh qilindi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar qildi.

Jizzax shahri Xalqobod mahallasida yashovchi X.B. Malayziya, BAA va Tailandga muntazam borib, tungi klub va fohishaxonalarga oʻzbekistonlik ayollarni joʻnatish bilan shugʻullangan.

U Instagram ijtimoiy tarmogʻida profil ochib, Fargʻona, Samarqand, Suxondaryo, Buxoro va Jizzax viloyatida yashovchi xotin-qizlarni Toshkent shahrida yashovchi sherigi orqali chet elga joʻnatgan. Ayollar xorijga borgach, X.B. ularning har biridan 8 ming dollar talab qilgan. Bunga rozi boʻlmaganlarni mahalliy jinoyatchilarga topshirib yuborish bilan tahdid qilgan.

Taʼkidlanishicha, jabrlanuvchilar chet tilini bilmaganliklari, xorij qonunlaridan bexabarliklari hamda qaytish uchun pullari yoʻqligi sabab uning shartlariga koʻnishgan.

Yosh qizni Tailandga fohishalikka yubormoqchi boʻlgan ayolning rejasi chippakka chiqdi

Hozirda ayblanuvchining 20 nafar xotin-qizdan shahvoniy maqsadlarda foydalanganligi aniqlangan. Xususan, Tailandga sotilgan 12 nafar fuqaroning shaxsi aniqlanib, 9 nafar jabrlanuvchidan arizalar olingan.  

Holat boʻyicha tegishli tartibda jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.  

Asosiy mavzular