12:49 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
455 0 0

Jinoyat ishi qoʻzgʻatilishiga Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti mutaxassislari tomonidan “Oʻzbekkino”da oʻtkazilgan tekshiruv hujjatlari asos boʻlgan.

TOSHKENT, 11 okt — Sputnik. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga koʻra, Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda koʻp miqdorda oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va boshqa moddalari bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur jinoyat ishi qoʻzgʻatilishiga Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti mutaxassislari tomonidan “Oʻzbekkino”da oʻtkazilgan tekshiruv hujjatlari asos boʻlgan.

Tergov jarayonida “Oʻzbekkino” faoliyatiga tegishli hujjatlar olinib, moliyaviy-xoʻjalik faoliyati yuzasidan taftish tayinlangan.

Aniqlanishicha, 2018 yil 22 iyunda “Oʻzbekkino” MA hamda “Best organaizer” MCHJ oʻrtasida “Menman Jaloliddin”nomli film yaratish haqida dastlabki shartnoma tuzilib, shartnomaga muvofiq oldindan avans sifatida 533 mln. soʻm mablagʻ toʻlab berilgan.

Lekin, ushbu filmni suratga olish ishlari “Mendirman Jaloliddin” nomi bilan Turkiyadagi hamkorlar bilan olib borilganligi, uni ishlab chiqarish xarajatlari byudjetdan emas, balki boshqa homiylar tomonidan moliyalashtirilganligi sababli, “Oʻzbekkino” Milliy agentligidan ajratilgan mablagʻlar filmni ishlab chiqarish uchun sarflanmagan va bugungi kunda byudjetga qaytarilgan.

“Shuni alohida qayd etish joizki, tergov harakatlari davomida 2020 yil 3 oktyabr kuni taqdimot marosimi boʻlib oʻtgan “Mendirman, Jaloliddin” filmiga tegishli hujjatlar olinmagan hamda ushbu filmni ishlab chiqargan shaxslarning jinoyat ishiga hech qanday aloqadorligi yoʻq”, - deyilgan xabarda.

3 oktyabr kuni Toshkentda sarkarda, Chingizxondek yovga mardonavor qarshi chiqqan Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdiga bagʻishlangan “Mendirman Jaloliddin” serialining taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi.

Loyiha tashkilotchilari Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi, Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, “Best organizer” MCHJ. Serial Turkiyaning “Bozdag film” kompaniyasi tomonidan suratga olingan.

Asosiy mavzular