12:56 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
245 0 0

Bulungʻur tumanida tanqidiy maqola yozish bilan qoʻrqitib, 2 tashkilotdan 1,2 mln soʻm undirgan soxta blogerga jazo tayinlandi.

TOSHKENT, 18 okt — Sputnik. Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida 2 tashkilotdan tovlamachilik yoʻli bilan 1 million soʻmdan ziyod pul olgan soxta blogerga jazo tayinlandi.

Oliy sud matbuot xizmati xabariga koʻra, oʻzini bloger deb tanishtirgan fuqaro D.R. 2020 yilning may—iyul oylarida ijtimoiy tarmoqlarga “Bulungʻur dehqon bozori” masʼluliyati cheklangan jamiyati faoliyati boʻyicha 3 marta tanqidiy va notoʻgʻri maqolalar yozgan.

Mazkur maqolalarni ommaga oshkor etmaslik evaziga bozor raisi I.S.dan oʻzining nomiga ochilgan plastik kartasiga pul mablagʻlari oʻtkazib berishni talab qilgan va 2020 yil iyul—avgust oylarida jami 980 ming soʻm pulni oʻzlashtirishga erishgan.

Bundan tashqari, soxta bloger joriy yil avgustida “Bulungʻurtumangaz” filiali suyultirilgan uglevodorli gaz faoliyatiga oid ijtimoiy tarmoqlarga bir marotaba tanqidiy maqola yozgan. Keyinchalik yana salbiy mazmundagi maqolalar yozib, uni ommaga oshkor etmaslik evaziga filial mutaxassisi S.H.dan pul talab qilgan. Natijada 10 avgust kuni 300 ming soʻm pulni oʻzganing plastik kartasiga oʻtkazilishga erishgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Bulungʻur tuman sudi sudlanuvchi D.R.ni Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “a” bandi (Tovlamachilik) bilan aybdor deb topgan. Unga 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Asosiy mavzular