22:55 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
218 0 0

Andrey Kubatin vafoti munosabati bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari olimning oilasiga, birinchi galda turmush oʻrtogʻiga chuqur hamdardlik izhor qilishmoqda

TOSHKENT, 29 okt - Sputnik. Turkolog olim Andrey Kubatin 36 yoshida koronavirus kasalligidan olamdan oʻtdi. Bu haqda Kubatinning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida xabar berildi.

Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda olim vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga hamdardlik bildirilmoqda.

Andrey Kubatin 2019 yil dekabrdan buyon Oʻzbekiston FA Milliy arxeologiya markazida faoliyat yuritib kelayotgandi.

"Oʻzbek ilm dunyosi umidli olimidan ayrildi. Toʻldirilishi qiyin boʻlgan yoʻqotish... Ming afsuski, uning hali qiladigan ishlari koʻp edi... Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun, Alloh rahmatiga olsin", - deb yozgan Kubatinni tanigan insonlardan biri.

Toshkent davlat sharqshunoslik institutining katta oʻqituvchisi boʻlib ishlagan yosh olim 2017 yili Jinoyat kodeksining 157-moddasi ("Davlatga xoinlik qilish") nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda ayblanib hibsga olingandi. Oʻsha yili Kubatinga nisbatan 11 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

2019 yil 26 sentyabr kuni Toshkent viloyati sudida Kubatinning ishi qayta koʻrib chiqilgan va olim toʻliq oqlanib, sud zalidan ozod etilgan. 

Asosiy mavzular