07:01 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
330 0 0

VMW boshqaruvni yoʻqotib 8ta avtomobilga shikast yetkazan. Ular orasida KIA Carnival, Spark, Matiz, Cobalt, Malibu va yana 3ta Captiva bor.

TOSHKENT, 7 noya - Sputnik. Kecha 6 noyabr kuni soat 21:30 lar atrofida Toshkentning Yunusobod tumanidagi Amir Temur koʻchasida bir necha avtomobil ishtirokida YTH sodir boʻldi, deb xabar qilmoqda poytaxt IIBB. 

Maʼlum boʻlishicha, 31 yoshli haydovchi U.R. boshqaruvida boʻlgan Nexia-3 avtomobili 18 yoshli D.X. boshqaruvida boʻlgan BMW avtomobili bilan toʻqnashgan. Oqibatda BMW boshqaruvni yoʻqotib 8ta avtomobilga shikast yetkazan. Ular orasida KIA Carnival, Spark, Matiz, Cobalt, Malibu va yana 3ta Captiva bor.

DTP v Tashkente

YTH oqibatida BMW haydovchisi tan jarohatlari ogan va tibbiy yordam uchun murojaat qilgan.

Dastlabki surishtiruvlarda maʼlum boʻlishicha, YTH sababchisi Nexia-3 avtomobili boʻlgan. U orqaga qaytib olish vaqti qarama-qarshi tomondan kelayotgan, harakat ustuvorligiga ega boʻlgan BMW avtomobilini oʻtkazib yubormagan. YTH tafsilotlari hozircha oʻrganilmoqda.

Asosiy mavzular