00:48 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Hodisalar
Havola olish
350 0 0

Surxondaryo viloyati prokuraturasi boʻlim katta prokurori B.Ergashev teplovoz ishtirokidagi yoʻl-transport hodisasi qurboni boʻldi.

TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. Surxondaryo viloyati prokuraturasi boʻlim katta prokurori B.Ergashev teplovoz ishtirokidagi yoʻl-transport hodisasi qurboni boʻldi, viloyat prokurori oʻrinbosari X.Kulliyev tan jarohati oldi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

2020 yil 7 noyabr soat 21:30larda Surxondaryo viloyati prokuraturasi haydovchisi Oʻ.Kattayev xizmat avtomashinasida Termiz tumanidan Termiz shahri tomonga harakatlanib kelayotgan boʻlgan.

Avtomobil Termiz tumani hududidagi Termiz–Uchqizil temir yoʻl bekatlari oraligʻining 57-kilometrining 9-piketida joylashgan qoʻriqlanmaydigan temir yoʻl kesishmasidan oʻtayotganda, ehtiyotsizlik oqibatida harakatlanib kelayotgan rezerv teplovoz bilan toʻqnashib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.

Baxtsiz hodisa oqibatida Oʻ.Kattayev va old oʻrindiqdagi viloyat prokuraturasi boʻlim katta prokurori B.Ergashev hodisa joyida vafot etgan. Shuningdek, orqa oʻrindiqda boʻlgan viloyat prokurori oʻrinbosari X.Kulliyev tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan 8 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odam oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Asosiy mavzular