22:18 15 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Hodisalar
Havola olish
108 0 0

Chester kasalxonasida bir necha yil davomida muddatidan oldin tugʻilgan goʻdaklar oʻlimi 10%ga oshgani aniqlangan. Shundan soʻng shifoxona maʼmuriyati politsiyaga murojaat qilgan.

TOSHKENT, 23 noya – Sputnik. Britaniyaning Chester shahri politsiyasi 28 yoshli hamshira Lyusi Letbini hibsga oldi. U 8 nafar goʻdakning oʻlimida va yana 10 nafar goʻdakning hayotiga suiqasd qilishda ayblanmoqda.

Ayni damda politsiya 2015-2016 yillarda Chester grafligi kasalxonasida sodir boʻlgan 17 goʻdakning oʻlimi bilan bogʻliq holatlarni sinchiklab oʻrganmoqda.

Agar 8 nafar goʻdak oʻlimida Lyusi Letbining aybi tasdiqlansa u Britaniya tarixida eng ommaviy bolalar qotili boʻladi, deb yozmoqda The Sun nashri.

Lyusi Letbini gumon qilish u ishlaydigan shifoxonaning neonatal boʻlimida bolalar oʻlimi statistikasi yomonlashganidan soʻng boshlangan. Kuzatuvlar natijasida Chester kasalxonasida bir necha yil davomida muddatidan oldin tugʻilgan goʻdaklar oʻlimi 10%ga oshgani aniqlangan. Shuningdek ularning bir nachasi qoʻl va oyoqlarida nomaʼlum dogʻlar borlini aniqlangan.  Shundan soʻng vaziyatni sinchiklab oʻrganish uchun shifoxona maʼmuriyati politsiyaga murojaat qilgan.

Hamshira Lyusi Letbi 2011 yilda Chester universitetini tugatib ish faoliyatini boshlagan. Hamkasabalari u haqida juda yaxshi fikrda boʻlgan. Uning oʻzi ham ijtimoiy tarmoqlarda goʻdaklar bilan bogʻliy bir necha guruhlarga aʼzo boʻlgan. U bir oʻzi 3ta mushuklari bilan 3 xonali uyda yashagan.

Asosiy mavzular