Sergeli tumanida aholi uchun mo‘ljallangan tabiiy gaz o‘g‘irlandi

Obuna bo‘lish
“Toshissiqquvati”ga qarashli “Sanoatenergo” qozonlaridan birining qo‘riqlanuvchi hududida tabiiy gazni o‘g‘irlash holati aniqlangan. Yetkazilgan zarar 571,3 million so‘mdan ziyodni tashkil etmoqda.

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. “Hududta’minot” AJ poytaxtning Sergeli tumanida tabiiy gazni o‘g‘irlash bilan bog‘liq holat fosh qilinganini xabar qildi.

Besporadki v tulskom poselke Plexanovo - Sputnik O‘zbekiston
“O‘zneftgazinspeksiya” eng ko‘p gazni kim o‘g‘irlaganini aniqladi

Ma’lum qilinishicha, issiqlik ta’minoti korxonalarini tabiiy gaz bilan ta’minlash tizimini o‘rganish jarayonida tumandagi Nilufar ko‘chasi 28-uyida joylashgan hamda“Quruvchi” massivining ko‘p qavatli uylarini va boshqa obyektlarni issiqlik bilan ta’minlovchi “Toshissiqquvati”ga qarashli “Sanoatenergo” qozonlaridan birining qo‘riqlanuvchi hududida tabiiy gazni o‘g‘irlash holati aniqlangan.

Qozonxona binosining ichki qismida ikkita ohak pishirish uchun pech va 12 ta nostandart gaz gorelkalarining tabiiy gaz ta’minoti tizimiga rezina shlang orqali ulangani aniqlandi. Ohak pechlarining birida tayyor mahsulot, ikkinchisida ohak toshlari mavjud bo‘lgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu obyektda tabiiy gazni noqonuniy iste’mol qilish hajmi 571,3 ming kub metrni hamda ushbu noqonuniy xatti-harakatlar natijasida gaz ta’minoti tashkilotlariga yetkazilgan zarar 571,3 million so‘mdan ziyodni tashkil etmoqda.

Ushbu holat yuzasidan barcha dalil va hujjatlar huquqni muhofaza qilish idoralariga taqdim etilgan.

Yangiliklar lentasi
0