10:11 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Hodisalar
Havola olish
93701

Sud-tibbiy ekspertizasi fermerning oʻlimi yurak nafas yoʻllarining suv bilan berkilishidan kelib chiqqan mexanik asfiktsiyadan kelib chiqqanligi haqida xulosa bergan.

TOSHKENT, 10 dek - Sputnik. Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida mahalliy fermerlardan biri tuman hokimining unga berilgan yer maydoniga oid ijara shartnomasini bekor qilish haqidagi qarori ustidan sudga murojaat qilgan. Biroq sud majlisi belgilangan sanaga yetmay fermerning jasadi tumanning "Polvonota" MFY hududidan oʻtgan ariqdan topilgan, deb xabar qilmoqda "Daryo.uz" nashri..

Ayni vaqtda Bosh prokuratura matbuot xizmati fermerning jasadi 2020 yilning 5 noyabr kuni ariqdan (tan jarohatlarisiz) topilganini tasdiqladi. Shuningdek, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilib, natijasiga koʻra, jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganini bildirgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi fermerning oʻlimi yurak nafas yoʻllarining suv bilan berkilishidan kelib chiqqan mexanik asfiktsiyadan kelib chiqqanligi haqida xulosa bergan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbarining alohida qayd etishicha, marhumning qarindoshlarida turli shubhalar tugʻilayotgani, ularning vajlarini toʻlaqonli tekshirilishini taʼminlash maqsadida jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad qilish haqidagi qaror bekor qilingan. Hozirda qoʻshimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular