11:57 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Hodisalar
Havola olish
648 0 0

Tilanchiga “Men vatanimdan keldim, musofirman, mehnat qilyapman. Sen bu yerga kelib pul soʻraysan, uyalmaysanmi? Bor, ishla” deb aytgan oʻzbekistonlik pichoqlandi.

TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Istanbul shahrida Oʻzbekiston fuqarosi B.O. tilanchi tomonidan pichoqlab oʻldirildi. Bu haqda “Hürriyet” gazetasi xabar qilmoqda.

Maʼlum boʻlishicha, hodisa Maltepe tumani Fayzulloh mahallasida sodir boʻlgan. Bu holat kuzatuv kameralariga tushib qolgan.

Mazkur mahallada tilanchilik qilib kun kechiradigan B. G. alkogol ichimligini olish uchun doʻkonga keladi. Ushbu doʻkonda yetkazib berish bilan shugʻullanib kelgan B.O. (31 yosh) B.G. (27 yosh)ga “Men vatanimdan keldim, musofirman, mehnat qilyapman. Sen bu yerga kelib pul soʻraysan, uyalmaysanmi? Bor, ishla” deb aytadi.

Natijada buning ortidan kelib chiqqan tortishuv janjalga aylanib ketgan. Janjal vaqtida tilanchi oʻzbekistonlikning koʻkragiga pichoq sanchib olgan.

Shifoxonaga olib borilgan oʻzbekistonlik yigit barcha muolajalarga qaramay vafot etgan. Politsiya B.G.ni hodisadan bir necha soat oʻtib qoʻlga olgan.

Teglar:
qotillik, Turkiya

Asosiy mavzular