TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. Toshkent shahar IIBB fuqarolardan bedarak yoʻqolgan 13 yoshli qiz qidiruvida koʻmak soʻramoqda.
Maʼlum qilinishicha, 2007 yilda tugʻilgan, Chilonzor tumani, G9a-kvartal, 4-uy, 1-xonadonda yashovchi Jumabayeva Farangiz Vahidovna joriy yilning 21 noyabr kuni uyidan chiqib, nomaʼlum tarafga ketgan va qaytib kelmagan.
Bu haqda qizning onasi 5 dekabr kuni Chilonzor tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga murojaat qilgan.

Belgilari: boʻyi 165-170 santimetr, oʻrta gavdali, koʻzi qora qoshi qalin, sochi kalta va qora rangda.
Egnidagi kiyimi: jigarrang palto, qora kofta, qora shim, oq krassovka.
Izoh: yoshiga nisbatan katta koʻrinadi, oʻzi haqida notoʻgʻri maʼlumot berishi mumkin.
Koʻrganlar yoki biror bir maʼlumotga ega boʻlganlar quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishlari mumkin: 71-233-83-74, 71-233-82-37, 71-232-08-10, 71-232-05-62, 71-281-92-54, 97-449-02-11, 98-125-57-60.