TOSHKENT, 20 dek — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda “Qarshi shahrida GAI avtomashinasi yonib ketdi” sarlavhali videolavha tarqaldi. Voqea yuzasidan IIV YHXBB maʼlumot berdi.
Xabarda yozilishicha, 2020 yilning 18 dekabr kuni soat 16:50 larda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Mustaqillik koʻchasida joylashgan viloyat hokimligi binosining roʻparasida viloyat IIB YHXB YPX xodimi M.O. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli maxsus xizmat avtomobilining dvigatel qismida yongʻin yuzaga kelgan.
Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar yoʻq. Yongʻin tez fursatlarda bartaraf etilgan. Transport vositasining dvigatel va kapot qismi zararlangan.
Toshkentda “Malibu” daraxtga borib urilib, yonib ketdi
Mazkur hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, yongʻin sabablarga aniqlik kiritilmoqda.