TOSHKENT, 29 dek — Sputnik. Toshkent metropolitenining “Alisher Navoiy” bekatida 38 yoshli ayol oʻzini ataylab yaqinlashib kelayotgan poyezd ostiga tashlash maqsadida poyezd yoʻliga yotib oldi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” UK internetda tarqalgan videoni izohlayotib, maʼlum qildi.
Hodisa 28 dekabr kuni soat 21:23 da sodir boʻlgan. Metropoliten xodimlari va metro xavfsizlik boʻlimining tezkor harakatlari natijasida baxtsiz hodisaning oldi olingan. Fuqaro B.I. jiddiy jarohatlarsiz platformaga olib chiqilgan.
Maʼlum boʻlishicha, ayol depressiya holatida boʻlgan va oʻzining nojoʻya harakatlarini kuchli ehtiros holatida sodir etgan.
Ushbu holat boʻyicha tergov ishlari olib borilmoqda.