18:00 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Hodisalar
Havola olish
96 0 0

IIV matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosov Yangi yil mavsumi vaqtida pirotexnika vositalaridan foydalanish oqibatida 120 dan ziyod odam jarohat olganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 4 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda Yangi yil mavsumi vaqtida pirotexnika vositalaridan foydalanish oqibatida 120 dan ziyod odam jarohat oldi, 6 ta uyda yongʻin yuzaga kelgan. Bu haqda IIV matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosov maʼlum qildi.

Gʻiyosov taqdim etgan maʼlumotlarg koʻra, 12 million donadan ortiq pirotexnika mahsulotlari musodara qilingan. 258 kishi maʼmuriy, 17 kishi esa jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, yana 1048 ta holat boʻyicha hujjatlar sudlarga va boshqa organlarga qonuniy chora koʻrish uchun yoʻnaltirilgan.

Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish, reydlar va profilaktik tadbirlar oʻtkazish maqsadida ichki ishlar, Milliy gvardiya, soliq va boshqa organlar, shuningdek, jamoatchilik aʼzolaridan iborat 800 dan ortiq maxsus guruhlar shakllantirilgan.

Mamlakatda 2010 yilda pirotexnika vositalarini noqonuniy ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, ishlatish, shuningdek noqonuniy olib kirish, eksport qilish yoki sotish uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik joriy etilgan.

Teglar:
pirotexnika, IIV

Asosiy mavzular