02:28 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Hodisalar
Havola olish
501 0 0

Dekabr oyi boshida kasb-hunar maktabi talabasi Abdulaziz Abdurasulov oʻz tanishlari oldida Katta Fargʻona kanaliga oʻzini tashlab, suvdan qaytib chiqmagan.

TOSHKENT, 13 yanv - Sputnik. Bosh prokuratura matbuot-xizmati ijtimoiy tarmoqlarda Yozyovon tumanida oʻzini Katta Fargʻona kanaliga tashlagan voyaga yetmagan Abdulaziz Abdurasulovni qidirilayotganligi haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi.

Taʼkidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki maʼlumotga koʻra, 2020 yil 22 dekabr kuni Yozyovon tumanida tugʻilgan, 2-sonli kasb-hunar maktabi talabasi Abdulaziz Abdurasulov voyaga yetmagan tanishlarini oldida Katta Fargʻona kanalining Yozyovon tumani Taraqqiyot mahalla hududidan oʻtgan qismiga oʻzini tashlab, suvdan qaytib chiqmagan.

Voyaga yetmagan Abdulaziz Abdurasulovni qidirib topish yuzasidan barcha zarur choralar koʻrilmoqda.

Asosiy mavzular