05:19 07 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Hodisalar
Havola olish
716 0 0

Ikkinchi yanvar kuni 16 yoshli qiz uni turli vaqtlarda ikki erkak zoʻrlaganini maʼlum qilgan. 10 yanvarda qiz bedarak yoʻqolgan. Bundan tashqari, gumonlanuvchilarning biri 13 yanvar kuni oʻlgan.

TOSHKENT, 20 yanv — Sputnik. Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida voyaga yetmagan qiz 2 yanvar kuni IIBga murojaat qilib, ikki erkak uning nomusiga tekkanini maʼlum qilgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, 16 yoshli P.E. fuqaro I.S. oʻzining “Matiz” mashinasida uni Kattaqoʻrgʻon shahar “Chinobod” mahallasi hududiga olib borib, zoʻrlik ishlatib nomusiga tekkanligini maʼlum qilgan. Shuningdek, fuqaro S.R. ham “VAZ 2106” mashinasida uni tumandagi “Suv ombori” hududiga olib borib, uni zoʻrlab jinsiy aloqa qilganligi aytgan.

Kattaqoʻrgʻon tuman IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tergovga qadar tekshiruv doirasida voqea joyini koʻzdan kechirib, ishga aloqador shaxslarning koʻrsatmalarini olgan. Qiz tanasidagi jarohatlarga aniqlik kiritish maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertiza tayinlangan.

Ishda toʻplangan dalillarga asosan Oʻzbekiston JKning 118-moddasi 1-qismi bilan (nomusga tegish, yaʼni zoʻrlik ishlatib, qoʻrqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qilish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, P.E.ning arizasida koʻrsatilgan fuqaro S.R. 13 yanvar kuni oʻzining Kattaqoʻrgʻon tuman “Saroyqoʻrgʻon” mahallasida joylashgan uyida vafot etganligi aniqlangan.

Fuqaro S.R.ning oʻlim sabablarini aniqlash yuzasidan Kattaqoʻrgʻon tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, 14 yanvar kuni qizning onasi farzandi 10 yanvar kuni uyidan nomaʼlum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yoʻqolganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqoʻrgʻon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Teglar:
jinoyat, zoʻrlash, Kattaqoʻrgʻon tumani, Samarqand viloyati

Asosiy mavzular