00:12 01 Mart 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Hodisalar
Havola olish
547 0 0

Sovchilariga rad javobini bergan qizning uyiga gaplashib olish uchun mast holatda borgan yigit pichoqlandi. Qizning 20 yoshli ukasi tomonidan pichoqlangan oshiq kasalxonada vafot etdi.

TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. Qashqadaryo viloyatida tunda sevgan qizining uyiga borgan yigit pichoqlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

Maʼlum boʻlishicha, 30 yanvar kuni soat 22:00 larda 22 yoshli J.YU. mast holatda sevgan qizi bilan gaplashib olish maqsadida Koson tumani “Nekoʻz” MFY Tayzan qishlogʻiga kelgan. Qizning uyiga devordan oshib kirgan vaqtda uning 20 yoshli ukasi B.S. hovlisida odam sharpasini sezib, oshxonadan roʻzgʻor pichogʻini olib hovliga chiqqan. Yigit bilan kelgan uning oʻrtogʻi A.A. qochib qolishga ulgurgan. J.YU. esa hovli burchagida qolib ketgan va qizning ukasiga u bilan gaplashib olishini, sovchilariga nima sababdan rad javobini berganliklarini soʻrashini aytgan. Ular oʻzaro tortishib qolishgan va qizning ukasi yigitning qorniga pichoq tiqib olgan.

Yigitga qizning oila aʼzolari birinchi tibbiy yordam koʻrsatib, Qarshi shahridagi kasalxonaga olib borishgan. Biroq J.YU. koʻrsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan olgan ogʻir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi B.S.ga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “D” bandi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish, jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlsa) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. 

Unga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, jinoyat, qotillik, Qashqadaryo viloyati

Asosiy mavzular