19:17 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Hodisalar
Havola olish
58210

Biror-bir shaxsning harakatlarida jinoyat aʼlomatlari boʻlmaganligi sababli jinoyat ishini qoʻzgʻatish rad etilgan. Bundan tashqari, taraflar oʻzaro turmush qurish istagini bildirganliklari sababli ularning nikoh yoshini qisqartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Jizzax viloyati Doʻstlik tumanidagi 14-umumtaʼlim maktabi oʻquvchilaridan biri A.Aliyevada (ism-shariflari oʻzgartirilgan) homiladorlik alomatlari aniqlandi. Bu haqda viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Holat boʻyicha oʻsha vaqtning oʻzida tuman IIBga xabar berilgan va IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilgan.

“Natijasiga koʻra biron-bir shaxsning harakatlarida jinoyat aʼlomatlari boʻlmaganligi sababli jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan”, - deyilgan xabarda.

Bundan tashqari, tuman prokuraturasi oʻquvchining homiladorligi yuzasidan “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qonuni ijrosi boʻyicha tekshirish oʻtkazgan.

Natijada tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga kiritilgan taqdimnomaga asosan 14-umumtaʼlim maktabining 4 nafar mansabdor shaxslariga intizomiy jazo qoʻllanilgan.

Shu bilan birga, voyaga yetmagan Aliyeva va Odilovlarning onalari oʻz farzandlariga taʼlim-tarbiya bermaganliklari uchun Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddasi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

Oʻzbekistonda voyaga yetmagan qizlar homiladorlik holatlari koʻpaydi

“Shuningdek, taraflar oʻzaro turmush qurish istagini bildirganliklari sababli Oila kodeksi talablariga asosan ularning nikoh yoshini qisqartirish toʻgʻrisida tuman hokimining tegishli qarori qabul qilingan”, - deyiladi idora xabarida.

Hozirda videomurojaatda qayd etilgan fuqaro Z.D.ga XTB mudiri mablagʻ taklif qilganligi holati yuzasidan Doʻstlik tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.

Teglar:
homiladorlik, Jizzax

Asosiy mavzular