06:04 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Hodisalar
Havola olish
422 0 0

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, koʻp qavatli binoning uchinchi qavatida gaz baloni portlagan. Natijada ikki kishi turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.

TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Buxoro shahridagi yangi qurilgan uylarning birida gaz balloni portladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga koʻra, portlash bugun soat 17:50 da shahardagi Islom Karimov koʻchasida joylashgan qurilayotgan sakkiz qavatli binoda sodir boʻlgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, koʻp qavatli binoning uchinchi qavatida gaz baloni portlagan. Natijada ikki kishi turli darajadagi tan jarohatlarini olgan. Halok boʻlganlar haqidagi maʼlumot hozircha kelib tushmagan.

Hozir voqea joyida FVV hududiy boshqarmasi qutqaruvchilari ish olib bormoqda.

Xabarda oʻrganish yakunlari boʻyicha batafsil axborot berilishi qoʻshimcha qilingan.

Teglar:
Buxoroda gaz portlashi, gaz portlashi, Buxoro

Asosiy mavzular