06:41 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Hodisalar
Havola olish
174 0 0

MCHJ rahbarlari hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali 254,4 mln soʻm byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilishgan.

TOSHKENT, 8 fev — Sputnik. Buxoro viloyati Shofirkon tuman markazi ichimlik suvi tarmoqlarini rekonstruktsiya qilishdagi talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Sputnik nashriga maʼlum qildi.

Shofirkon tuman markazi ichimlik suvi tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish ishlari boʻyicha nazorat oʻlchovi oʻtkazilgan. Unda “E.” MCHJ rahbarlari hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali 254,4 mln soʻm byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilishgani aniqlangan. Shuningdek, suv taʼminoti va oqava suv obʼyektlari qurilishi boʻyicha Ijiniring kompaniyasi DUK Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan ushbu jamiyatga 254,4 mln soʻm byudjet mablagʻi oʻtkazib berilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) hamda 209-moddasi (Mansab soxtakorligi)bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Teglar:
talon-tarojlik, suv, Buxoro viloyati

Asosiy mavzular