18:09 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Hodisalar
Havola olish
29520

23 yoshli yigit shahardagi 7-son Tergov hibsxonasi atrofida ichki ishlar organlari xodimlarining dala kiyimini kiyib sayr qilib yurgan.

TOSHKENT, 10 fev — Sputnik. Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon shahrida ichki ishlar xodimlarining kiyimini kiyib yurgan shaxs javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, shahardagi 7-son Tergov hibsxonasi atrofida ichki ishlar organlari xodimlarining dala kiyimini kiyib olgan shaxs IIB xodimlarida shubha uygʻotganligi sababli undan xizmat guvohnomasini taqdim etish soʻralgan. U esa xizmat guvohnomasi yoʻqligini aytgan.

Kattaqoʻrgʻonda ichki ishlar xodimlarining kiyimini kiyib yurgan shaxs javobgarlikka tortildi
Kattaqoʻrgʻonda ichki ishlar xodimlarining kiyimini kiyib yurgan shaxs javobgarlikka tortildi

Ushbu shaxs Narpay tumani Chaqar qishlogʻida yashovchi 23 yoshli SH.M. ekanligi, egnidagi kiyimni taxminan 2 oy oldin 240 ming soʻmga tiktirgani oydinlashgan.

Uning harakatlarida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 209-1-moddasi (Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish)da koʻrsatilgan maʼmuriy huquqbuzarlik alomati aniqlanganligi sababli unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Toʻplangan hujjatlar koʻrib chiqish uchun Jinoyat ishlari boʻyicha Kattaqoʻrgʻon shahar sudiga yuborilgan.

Hozirda ushbu shaxsning harakatlari yuzasidan qoʻshimcha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda ichki ishlar organlari xodimining formasini kiyib, mashina kapotida sayr qilgan yigit va uni videoga yigitlar besh sutkaga qamalgani xabar qilingan edi.

Teglar:
Kattaqoʻrgʻon tumani, Samarqand viloyati

Asosiy mavzular