10:31 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Hodisalar
Havola olish
656 0 0

Qarshi shahrida yigit sevgan qizi bilan boʻlgan telefon suhbatlarini ming dollarga baholagan. Bu pullarni qizning onasidan olayotgan vaqtda esa qoʻlga tushgan.

TOSHKENT, 14 fev — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida bir qizni qarindoshlari oʻrtasida sharmanda qilish bilan qoʻrqitib, tovlamachilikka qoʻl urgan yigit ushlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Maʼlum boʻlishicha, fuqaro I.Q. Qarshi shahar IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, 21 yoshli Shahzod X.ga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan. Ayolning soʻzlariga koʻra, yigit uning qizi S. bilan telefon orqali boʻlgan soʻzlashuvlarini yozib olgan va qarindoshlariga tarqatmaslik evaziga 1000 dollar talab qilgan.

Yigit oʻtkazilgan tezkor tadbir jarayonida maxsus kimyoviy ishlov berilgan 1000 dollarni olgan vaqtida ushlangan. Ushbu pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular