10:11 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Hodisalar
Havola olish
115 0 0

“Matiz” haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl chetidagi terak daraxtiga borib urilgan. Natijada uning bir yoshli qizi halok boʻlgan.

TOSHKENT, 20 fev — Sputnik. Fargʻona viloyatidagi yoʻl-transport hodisasida bir yoshli qizaloq vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

YTH Fargʻona tumanidagi Avval-Vodil yoʻlining 15 km.da roʻy bergan. “Matiz” haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl chetidagi terak daraxtiga borib urilgan. Natijada mashinadagi haydovchining 1 yoshli qizi tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Haydovchi, uning turmush oʻrtogʻi va qaynisinglisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. 

Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Teglar:
YTH, Fargʻona viloyati

Asosiy mavzular