18:10 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Hodisalar
Havola olish
379 0 0

Choyxona egasi, uning rafiqasi va uch farzandi oshxonadagi gaz oʻchogʻidan sizib chiqqan gazdan zaharlangan. Er-xotin va bir bola vafot etgan.

TOSHKENT, 22 fev — Sputnik. Xorazm viloyatining Shovot tumanidagi choyxonada uch kishi is gazidan zaharlanib hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, “Ortiq ota” nomli choyxonada uning egasi fuqaro K.O., uning turmush oʻrtogʻi I.S., hamda farzandlari Z.O., O.O., va X.O.lar  choyxonaning oshxonasida joylashgan gaz oʻchogʻidan gaz sizib chiqishi natijasida is gazidan zaharlangan.

Natijada er-xotin va ularning farzandi X.O. hodisa joyida vafot etishgan. Qolgan ikki bola kuchli zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.

Bosh prokuratura bu borada befarq boʻlmaslik, xavfsizlik qoidalariga toʻliq rioya etishlik haqida koʻplab tushuntirishlar, xabarlar va maʼlumotlar tarqatilgani va bu ishlar davom ettirilishini qayd etgan. 

“Pandemiya sharoitida odamlardan barcha holatlarda oʻz turmushiga, hayot tarziga eʼtiborliroq boʻlishi, oʻz xavfsizligi barobarida boshqalarning ham osoyishtaligini oʻylash lozimligi koʻp bora taʼkidlanib kelinyapti. Achinarlisi, odamlar oʻz befarqligi tufayli yaqinlarining qurbon boʻlishiga sabab boʻlmoqda”, - deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular