09:22 05 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Migratsiya
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (71)
40400

Markazning asosiy vazifasi ish beruvchilarni shunchaki ishchilar bilan taʼminlash emas, balki korxona talabi bilan xodimning malakasi mos tushishiga erishishdir

TOSHKENT, 31 avg — Sputnik. Sankt-Peterburg mehnat va aholi bandligi qoʻmitasi Samarqandda shahar korxonalari uchun mutaxassislar tanlash boʻyicha migratsiya markazini ochadi, deb xabar berdi Nuz.uz.

Qoʻmita raisi Dmitriy Cherneykoning aytishicha, bugungi kunda Peterburg korxonalarida 3,4 million kishi mehnat qilmoqda. Ulardan 250 ming nafari xorijlik fuqarolar boʻlib, aksariyat qismini (60%) oʻzbekistonliklar tashkil etadi. Aynan mana shu omil Samarqandda mutaxassislar tanlash markazi ochilishiga sabab boʻldi.

Cherneykoning bildirishicha, markazning asosiy vazifasi ish beruvchilarni shunchaki ishchilar bilan taʼminlash emas, balki korxona talabi bilan xodimning malakasi mos tushishiga erishishdir.

Markaz shahardagi 3,5 mingta korxona bilan hamkorlik qiladi va ularning qanday mutaxassislarga ehtiyoji borligini aniqlaydi.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (71)

Asosiy mavzular