16:31 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Migratsiya
Havola olish
958 0 0

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi delegatsiyasi 12 noyabrga qadar Koreya Respublikasida boʻladi

TOSHKENT, 7 noya – Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.Xaitov boshchiligidagi delegatsiya 12 noyabrga qadar tashrif bilan Koreya Respublikasida boʻladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston fuqarolari uchun ajratiladigan kvotalarni koʻpaytirish, Oʻzbekiston fuqarolari tomonidan noqonuniy yoʻllar bilan borish va ish joylarini tashlab ketish darajasini pasaytirish uchrashuv va muzokaralarning muhim mavzulari sanaladi.

Bundan tashqari, tashrif davomida Oʻzbekistonga Koreya iqtisodiyotining boshqa tarmoqlari uchun kvotalar ajratilishi, Koreya hududida Oʻzbekiston fuqarolarining noqonuniy yashashi masalalarini hal etish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, Koreya Respublikasi Personalni boshqarish vazirligi, Kvanju xorijiy ishchilarni qoʻllab-quvvatlash markazi, Koreya taraqqiyot instituti, Xonnam Kim Yon Se kasb-hunar bilim yurti rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazish rejalashtirilgan.

Delegatsiya aʼzolari Mehnat migrantlarini qoʻllab-quvvatlash markazlari faoliyati bilan tanishadilar, Koreya bandlik va mehnat vazirligi, Koreya prezidenti huzuridagi aholi bandligi qoʻmitasi raisi, Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari, Seuldagi yirik ish beruvchilar bilan taqdimotli uchrashuvlar oʻtkazish hamda Seulda joylashgan mehnat migrantlari uchun yotoqxonalarni borib koʻrish delegatsiya tashrif dasturidan oʻrin olgan.

Maʼlumot berilishicha, ayni paytda Koreyada 17 ming nafarga yaqin Oʻzbekiston fuqarosi mehnat faoliyati bilan shugʻullanmoqda.

Asosiy mavzular