21:28 24 Aprel 2018
Efir
Protsedura snyatiya biometricheskix dannыx v vizovom tsentre Sankt-Peterburga

Rossiyada vaqtincha yashash ruxsatnomasini olish uchun yangi viza joriy etildi

© Sputnik / Aleksey Danichev
Migratsiya
Havola olish
69410

Rossiyada vaqtincha yashash huquqni beruvchi ruxsatnoma (RVP)ni olish uchun kirish vizasi xorijiy fuqaroga toʻrt oy muddatgacha beriladi

TOSHKENT, 22 noya — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev vaqtinchalik yashash huqunini beruvchi ruxsatnomani olish maqsadida beriladigan yangi viza joriy etilishi toʻgʻrisida qarorni imzoladi. Hujjat toʻliq matni hukumat saytida berilgan.

"Oddiy kirish vizasi Rossiyada vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomasini olish uchun xorijiy fuqaroga toʻrt oy muddatgacha beriladi. Rossiya diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasalari tomonidan IIV hududiy organining xorijiy fuqaroga berilgan vaqtinchalik yashash huquqini beruvchi ruxsatnomasi asosida kirish vizasi rasmiylashtiriladi. Bunday kirish vizasi bir martalik boʻladi", — deyilgan xabarda.

Ushbu qaror Rossiyada vaqtincha yashash huquqni olgan va kirish vizasi talab qilinadigan xorijiy fuqarolar uchun amal qiladi.

Asosiy mavzular