21:28 24 Aprel 2018
Efir
Inostrannыe grajdane v ocheredi na daktiloskopicheskuyu registratsiyu, arxivnoye foto

TIV oʻzbekistonliklarni Rossiyada ishga joylash boʻyicha bitimning toʻliq matnini eʼlon qildi

© Sputnik / Kirill Kallinikov
Migratsiya
Havola olish
108760

Mehnatkash-migrantlar Rossiya qonun hujjatlari va mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq dam olish huquqiga ega hamda ish beruvchi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy bayram kunlarida mehnat faoliyatidan ozod qilinishlari mumkin

TOSHKENT, 26 dek – Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi oʻzbekistonliklarni Rossiyada ishga joylash boʻyicha bitimning toʻliq matnini eʼlon qildi.

"Fuqarolarimizning koʻp sonli murojaatlariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 5 aprelda Rossiyaga amalga oshirgan davlat tashrifi chogʻida imzolangan Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitimning toʻliq matni TIV internet resurslarida chop etilmoqda", deyiladi TIV xabarida.

Bitim 17 moddadan iborat boʻlib, u Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish boʻyicha Tomonlar hamkorligining tartibi va shartlarini belgilab beradi.

Unga koʻra, ishchilarga extiyoji boʻlgan Rossiya ish beruvchilari, boʻsh ish oʻrinlari va vakant lavozimlar, ish xususiyati, ish haqi, ish rejimi, taʼlim, kasbiy bilimlar, koʻnikmalar, ish stajiga boʻlgan malaka talablari, ish beruvchi tomonidan chet ellik ishchiga taqdim etiladigan qoʻshimcha ijtimoiy kafolatlar toʻgʻrisida axborotni axborot-tahliliy tizimda joylashtirish boʻyicha faoliyatni tashkillashtiradilar.

Bitimda Rossiya va Oʻzbekistondagi tegishli vazirlik va muassasalar – Rossiya Taʼlim va fan vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi, Sogʻliqni saqlash va Ichki ishlar vazirliklarining vazifalari koʻrsatib oʻtilgan.

Hujjatda yozilishicha, ish beruvchi mehnatkash-migrantlarni ishga qabul qilishda zaruriy sanitariya-gigiyena va boshqa meʼyorlarga muvofiq yashash joylari, mehnatning xavfsiz shartlari va mehnatni muhofaza qilish, shuningdek ish joylarida texnika xavfsizligini taʼminlashi va Rossiya qonun hujjatlarida belgilangan eng kam darajadan kam boʻlmagan kafolatlangan mehnat haqini berishi shart.

Bitimning 7-moddasida koʻrsatilishicha, mehnatkash-migrantlar Rossiya qonun hujjatlari va mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq dam olish huquqiga ega hamda ish beruvchi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy bayram kunlarida mehnat faoliyatidan ozod qilinishlari mumkin.

Mazkur bitim nomuayyan muddatga tuzilgan boʻlib, shu yilning 21 dekabr kuni kuchga kirdi.

Asosiy mavzular