19:56 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Vыdacha pervыx patentov v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti

Mehnat migrantlari 2017 yilda Moskva byudjetiga 15,7 milliard rubl daromad keltirishdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov
Migratsiya
Havola olish
458 0 0

2017 yilda xorijiy fuqarolarga berilgan mehnat patentlarining soni 2016 yilga nisbatan 12 %ga koʻpaydi

TOSHKENT, 23 yanv — Sputnik. Moskva koʻp tarmoqli migratsiya markazi (MMTS) 2017 yilda xorijiy fuqarolarga 453 mingdan ortiq mehnat patentlarini bergan, bu 2016 yilning mos davriga nisbatan 12 %ga koʻpdir. Bu haqda Moskva hukumati, iqtisodiy siyosat va rivojlantirish departamenti rahbari Vladimir Yefimov maʼlum qildi.

Oʻtgan yili mehnat migrantlaridan 15,7 milliard rubl kelib tushdi, bu 2016 yilga nisbatan 9 % ga koʻpaygan.

Yefimov soʻzlariga koʻra, "cheklovlar (kvota)" mehnat patentlariga almashtirildi, hududlarga oʻz mehnat bozorlari oʻziga xos jihatlarini inobatga olgan holda patent toʻlov qiymatlarini belgilash huquqi berildi.

Migratsiya markazi bosh direktori Nikolay Fedoseyev soʻzlariga koʻra, mehnat patentlarini olish oddiy va shaffof tartibi mehnat migratlarini qonuniy yoʻl bilan hujjatlarini rasmiylashtirishga undamoqda.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilda Moskva viloyatida mehnat patent toʻlovi 7,5 % ga — 4 mingdan 4,3 ming rublga koʻpaydi.

Asosiy mavzular