06:35 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
Passajirы na poyezd Moskva-Dushanbe zagrujayut svoy bagaj, arxivnoye foto

Oʻzbekistonda xususiy kompaniyalarga fuqarolarni chet elga ishga joʻnatish huquqi berildi

© Sputnik
Migratsiya
Havola olish
495710

2018 yil 1 sentyabrdan Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida Oʻzbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish huquqiga ega boʻldi

TOSHKENT, 6 iyul — Sputnik. Joriy yil 1 sentyabrdan Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish huquqiga ega boʻldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Shuningdek, ular Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida akkreditatsiyadan oʻtish asosida, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini, jumladan, kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlish va xorijiy tillarni bilish darajasini tasdiqlash borasidagi faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining litsenziyalar berish va akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqish, zarur hujjatlarni tayyorlash funktsiyalarini bajaruvchi ishchi organi etib belgilandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir oy muddatda:

Oʻzbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;

Xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakalarini tasdiqlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkillashtirilgan tarzda yigʻish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining yangilangan nizomini tasdiqlash boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilangan.

Asosiy mavzular