05:28 12 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Inostrannыe rabochiye vozvraщayutsya k rabote posle obedennogo pererыva

Rossiyada ishlaydiganlarning mehnat staji Oʻzbekistonda ham oʻtadi

© Sputnik / Vitaliy Ankov
Migratsiya
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (69)
836 0 0

2018 yil 1 avgustdan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar tomonidan eng kam ish xaqining toʻrt yarim baravari miqdorida yillik sugʻurta toʻlovlarini ixtiyoriy ravishda toʻlash tartibi joriy etiladi

TOSHKENT, 6 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida qarorida xorijda faoliyat yurituvchi fuqarolarning ish stajlari Oʻzbekistonda hisobga olinishi tartibi belgilangan, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Hujjatda qayd etilishicha, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga eng kam ish xaqining toʻrt yarim baravari miqdorida yillik sugʻurta toʻlovlarini ixtiyoriy ravishda toʻlash tartibi joriy etiladi, bunda toʻlovlar amalga oshirilgan davrlar belgilangan tartibda mehnat stajiga qoʻshiladi.

Shuningdek, 2018 yil 1 avgustdan xususiy mehnat shartnomalari boʻyicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtish taomilini joriy etgan holda, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi bekor qilinmoqda.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (69)

Asosiy mavzular