05:21 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00
Pribыtiye poyezda Tashkent-Moskva

"Har kimga ishonmang": Peterburgdagi Oʻzbekiston Bosh konsulligi migrantlarga murojaat qildi

© Sputnik / Aleksey Filippov
Migratsiya
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (65)
88510

Bosh konsullik oʻz binosi tashqarisida koʻrsatilgan: kopiya qilish, blank toʻldirish, suratga tushirish singari xizmatlar uchun javobgar emasligi haqida eslatma bergan

TOSHKENT, 1 sen - Sputnik. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida joylashgan Oʻzbekiston Bosh konsulligi oʻzining Feysbukdagi sahifasida migrantlarga murojaat qildi, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Bosh konsullik migrantlardan bino tashqarisida u yoki bu masalaning hal etilishini tezlashtirib berish borasida oʻz xizmatini taklif etadigan notanish shaxslardan ehtiyot boʻlishga chaqirgan.

"Bosh konsullik binosi tashqarisida u yoki bu masalaning koʻrib chiqilishi, bino ichiga navbatsiz kirish, turli maʼlumotnomalarni rasmiylashtirish va hokazo masalalar boʻyicha shubhali (aksariyat hollarda noqonuniy) takliflar bilan bogʻliq boʻlgan notanish shaxslar xizmatidan foydalanishdan saqlanishingizni soʻraymiz", - deyiladi murojaatda.

Bosh konsullik oʻz binosi tashqarisida koʻrsatilgan: kopiya qilish, blank toʻldirish, suratga tushirish singari xizmatlar uchun javobgar emasligi haqida eslatma bergan.

Bosh konsullik migrantlarga konsullik xodimlari Oʻzbekiston fuqarolarini faqatgina Bosh konsullik binosi ichida qabul qilib, oʻsha yerda ularga konsullik-huquqiy xizmatlarini koʻrsatishlarini maʼlum qilgan.

Eslatib oʻtamiz, Sankt-Peterburgdagi Oʻzbekiston Bosh konsulligi 4-Krasnoarmeyskaya, 4-A uy manzilida joylashgan. Manzilga yaqin metro stantsiyasi — "Texnologicheskiy institut".

Qabulga yozilish uchun +7-965-751-20-71 telefon raqami boʻyicha qoʻngʻiroq qilish yoki 998909942747 telefon raqamiga bogʻlangan Telegram, WhatsApp, Viber, Imo messenjerlari orqali bogʻlanish mumkin.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (65)

Asosiy mavzular