10:36 20 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74

Qirgʻizlar Moskvada yoppasiga "razbor"ga yigʻilmoqdami? IIV izoh berdi

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov
Migratsiya
Havola olish
128901

Qirgʻiziston fuqarolari koʻrsatilgan manzillarda yigʻilganliklarini isbotlovchi maʼlumotlar bor

TOSHKENT, 5 mar — Sputnik. Moskva aholisi WhatsApp messenjeri orqali qirgʻiz tilida fuqarolarni "razborkaga" daʼvat qilgan xabarlarni tarqata boshlashdi, deb xabar qildi ijtimoiy tarmoqlarda Qirgʻiziston IIVning MDH davlatlaridagi vakili Askar Aliyev. Sputnik Qirgʻiziston xabari asosida.

Aliyevning soʻzlariga koʻra, bunday yigʻinlar boʻlganini tasdiqlovchi faktlar qayd etilgan.

"Shunday xabarlar bor: goʻyoki boshqa millatga mansub nomaʼlum kishilar qirgʻizlarni xafa qilgan ekan, shu bois "razbor" zarurligi aytilgan. Qirgʻizistonliklar koʻrsatilgan manzillar boʻyicha toʻplanishganini tasdiqlovchi faktlar bor. Bunday uchrashuvlar hech qachon yaxshilik bilan tugamaydi. Toʻplanganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin", — deb qayd etdi Aliyev.

U qirgʻizistonliklarni bunday provokatsiyalar taʼsiriga uchramaslikka, qonunga boʻysunishga va shubhali holatlar haqida Moskva politsiyasiga yoki Qirgʻiziston IIVning vakolatxonasiga xabar qilishni soʻradi. Aliyev fuqarolarga bunday harakatlari bilan ular oʻzlarining boshqa vatandoshlari nomini ham qoraga chiqarishlari mumkinligini yana bir bor eslatib oʻtdi.

Asosiy mavzular