08:59 26 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04
Ispravitelnыe kolonii

Penzada oʻz vatandoshini oʻldirgan oʻzbekistonlik 7 yilga qamaldi

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov
Migratsiya
Havola olish
316 0 0

Migrant oʻz vatandoshini kafedagi ziyofatdan soʻng boʻgʻib oʻldirgan.

TOSHKENT, 15 mar – Sputnik. Oʻz hamkasbi va hamyurtini ish yuzasidan yuzaga kelgan mojaro oqibatida oʻldirgan Oʻzbekiston fuqarosi Penzada 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi, deb xabar berdi Tergov qoʻmitasining mintaqaviy boshqarmasi.

Meditsinskiy rabotnik delayet ukol
© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk

Tergov qoʻmitasi xabariga koʻra, Penzaga ishlashga kelgan oʻzbekistonlik ikki quruvchi 2018 yil 2 sentyabrida ishdan keyin kafeda ziyofat uyushtirgan, uyga qaytgach, ular oʻrtasida mojaro yuzaga kelgan. Jabrdiyda oʻz ishi va ish haqidan qattiq norozi boʻlganligi aytilmoqda.

Tergovchilarning aniqlashicha, janjal vaqtida ayblanuvchi oʻz birodarini kaltaklagan va qoʻllari bilan boʻynidan qattiq siqib, boʻgʻib qoʻygan. Soʻngra, oʻziga kelar, degan umidda tashqariga olib chiqqan.

"Sud hukmi bilan erkakka yetti yillik qamoq jazosi belgilandi. U jazoni qattiq tartibdagi koloniyada oʻtaydi. Sud hukmi qonuniy kuchga kirgani yoʻq", - deyiladi xabarda.

Asosiy mavzular