22:05 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Politsiya provodit proverku migratsionnogo zakonodatelstva v TTS Moskva v Lyublino

Yoqutistonda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boʻyicha komissiya tuzildi

© Sputnik / Andrey Stenin
Migratsiya
Havola olish
169 0 0

Yoqutistonda Davlat yigʻilishining (Il Tumen) VI-yalpi majlisida mintaqadagi migratsiyaga siyosatiga oid masala koʻrib chiqildi.

TOSHKENT, 20 mar — Sputnik. Yoqutiston parlamenti noqonuniy migratsiyaga va tadbirkorlikka qarshi kurashish boʻyicha komissiya tuzildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Davlat yigʻilishining (Il Tumen) VI-yalpi majlisida mintaqadagi migratsiyaga siyosatiga oid masala koʻrib chiqildi.

“Bugungi kunda migrantlar oqimi muammosi nafaqat Rossiyaning markaziy mintaqalari, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va boshqa davlatlar, balki Yoqutiston uchun ham dolzarbligicha qolmoqda. Davlat yigʻilishi (Il Tumen) nolegal migratsiya va noqonuniy tadbirkorlikka qarshi kurashish choralarini kuchaytirishni qoʻllab-quvvatlaydi”, - dedi parlament raisi Petr Gogolev.

Yoqutistonlik ayolni zoʻrlashda ayblanayotgan shaxs hibsga olindi

Eslatib oʻtamiz, yoqutistonlik ayol migrantlar tomonidan zoʻrlangach, mahalliy aholi mitinglarga chiqishni boshlagan edi. Ular hukumatdan noqonuniy migratsiyaga oid qonunlarni kuchaytirishni talab qilishgan edi.

Asosiy mavzular