04:57 27 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34

Yoqutistonda mehnat migrantlariga savdo qilish va yoʻlovchi tashish taqiqlandi

© Sputnik / Bolot Bochkarev
Migratsiya
Havola olish
245 0 0

Chet el fuqarolariga Saxa respublikasi (Yoqutiston) hududida iqtisodiy faoliyatning 33 turi bilan shugʻullanish taqiqlandi.

TOSHKENT, 28 mar – Sputnik. Yoqutistonda migrantlarga savdo-sotiq, yoʻlovchi tashish, mahsulotlar, ichimlik va kiyim-kechaklar ishlab chiqarish sohasida ishlash taqiqlandi. Bu taqiqlar hudud rahbari imzolagan farmonda keltirib oʻtilgan.

Hudud rahbari Aysen Nikolayev imzolagan hujjatga koʻra, chet el fuqarolariga qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, ovchilik, qayta ishlab chiqarish, qurilish, savdo, transport, mehmonxona, ilmiy-texnik faoliyat, koʻchmas mulk, shuningdek, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohalarida ishlash taqiqlanadi.

Patent asosida faoliyat yuritayotgan xorijlarga 2019 yilda Yoqutistonda huquq, buxgalteriya hisobi, meʼmorchilik, muhandislik-texnik loyihalash, ilmiy ishlab chiqarish va tadqiqotlar sohalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan.

Mehnat migrantlariga oziq-ovqat, ichimlik, kiyim-kechaklar ishlab chiqarish, shahar va shahardan tashqarida yengil va ijaraga olingan avtomobillarda yoʻlovchilarni tashish, yuk avtomobili haydovchisi, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalarida va faoliyatning boshqa turida ishlashga taqiq joriy etildi.

RFning Yoqutistondagi Tergov qoʻmitasining  tergov boshqarmasi 17 mart kuni nomusga tegish va odam oʻgʻirlash moddasi bilan jinoiy ish qoʻzgʻatdi. Yakutsk shahrida yashovchi ayol huquqni muhofaza qiluvchi organga ariza bilan murojaat qiladi.

Mahalliy OAV koʻngillilardan olingan xabar asosida Yoqutistonning 36 yashar fuqarosi yoʻqolgani haqida eʼlon tarqatgan edi. Volontyorlarning soʻzlariga koʻra, ayol juda kech uyiga qaytayotgan boʻlgan va uylarning birini oldida nomaʼlum shaxslar uni mashinaga oʻtqazib, olib ketishgan. Bu voqea Yoqutistonda jamoatchilik orasida katta shov-shuvlarga sabab boʻldi.

Asosiy mavzular