23:08 21 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Tseremoniya brakosochetaniya.

Tojikistonlik talaba soxta nikoh uchun Rossiyadan deport qilinmoqda

© Sputnik / Mixail Markiv
Migratsiya
Havola olish
78610

Volgograd oliygohi talabasi fuqarolikni olish jarayonini soddalashtirish uchun, rossiyalik ayolga uylandi

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Volgograd davlat universitetida tahsil olgan tojikistonlik talaba soxta nikoh uchun vataniga deport qilinmoqda.

Rossiya IIV Volgograd viloyati boʻyicha bosh boshqarmasi matbuot-xizmati xabariga koʻra, 22 yashar tojikiston oliygohning aspiranturasida tahsil oladigan 24 yashar ayolga uylangan va shundan soʻng kelajakda Rossiya fuqaroligini olish uchun Migratsiya masalalari boʻyicha boshqarmaga vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma soʻrab, ariza bergan.

Taqdim etilgan hujjatlar orasida nikoh tuzilganlik haqidagi shahodatnomani taqdim etgan.

IIV xodimlari ushbu maʼlumotni tekshirgach, yigit va qiz toʻyga qadar ham, toʻydan keyin ham birga yashamaganliyeklarini aniqlaganlar. Shu bilan birga, qarindoshlar va kursdoshlar orasida ham biron inson bu ikki yoshning nikohdan oʻtganligidan bexabar boʻlgan.

Sal keyin "er-xotin"lar soxta nikohni Rossiya fuqaroligini olish uchun tuzganliklariga iqror boʻlishgan. Oqibatda, bu "oila" ajrashtirib yuborilgan.

Endi yosh yigitni Rossiyadan deport kutmoqda. Aspirant qizga nisbatan esa jinoiy ish qoʻzgʻatilishi mumkin.

Oʻtgan yilning dekabr oyi oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin soxta nikohlarga toʻsqinlik qiluvchi federal qonunni imzolagan edi. Xususan, hujjatda, Rossiyada vaqtinchalik yashashga ruxsatnoma Rossiya fuqarosi bilan nikohda boʻlgan chet el fuqarosiga kvotani hisobga olmagan holda rossiyalik turar joyi boʻyicha berilishi belgilangan edi.

Asosiy mavzular