08:45 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Migratsiya
Havola olish
346 0 0

Rossiyaga har yili 2,5 million Oʻzbekiston fuqarolari ishlashga keladi - bosh vazir oʻrinbosari.

TOSHKENT, 30 may - Sputnik. Har yili Oʻzbekistondan Rossiyaga 2,5 million kishi keladi va ularning aksariyati ishlash maqsadida, deydi Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Sergey Prixodko RIA Novostiga.  

© Sputnik / Yekaterina Shtukina

Maʼlumki, Rossiyada ishlash uchun patent rasmiylashtirishi kerak. Bu ish bilan faqat davlat organlari shugʻullanadi. Prixodko aytishiga koʻra, kelayotgan migrantlarning baʼzilari ish qidirib yoki hujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida oʻrtakash firmalarga murojaat qilgani tufayli, kelajakda ikki davlat organlari ularning huquqlarini himoya qilishda qiyinchilklarga duch keladi.

"Patent rasmiylashtirishda yoki ishga joylashishda koʻplab migrantlar faoliyati shaffof boʻlmagan oʻrtakash firmalar ximatlaridan foydalanadi. Shu sababli Oʻzbekiston va Rossiya davlat organlari mehnat migrantlarining ish faoliyati, ularning ish sharoitlari haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlmaydilar va ularning huquqlarini himoya qila olmaydilar”, - dedi Prixodko.

Bosh vazir oʻrinbosari shuningdek, 2017 yilning 5 aprelida Oʻzbekiston va Rossiya orasida imzolangan, Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyada tashkillashtirilgan tartibda ishga qabul qilish haqidagi shartnoma haqida soʻzlab  berdi.

“Ushbu shartnoma ish beruvchiga kerakli kvalifikatsiyaga ega boʻlgan ishchilarni yollash mehnat migrantiga esa – munosib mehnat sharoitlarini va mehnat huquqlarini kafolatlaydi”, - dedi Prixodko.

Kelajakda Oʻzbekistondan Rossiyaga keluvchi mehnat migrantlari soni oshishi mumkinmi degan savolga bosh vazir oʻrinbosari quyidagicha javob berdi:

“Rossiyaga mehnat qilish uchun kelayotgan Oʻzbekiston fuqarolari soni kvotalanmagan va ular kelishi uchun taklifnoma talab qilinmaydi. Shu sabab ular Rossiya hududida mustaqil ish qidirishlari yoki tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashishlari mumkin. IIVning hududiy boʻlimida patent rasmiylashtirilganiden soʻng, ular har qanday joyda qonuniy ishlashi mumkin”, - dedi Prixodko.

Bosh vazir oʻrinbosari shuningdek Oʻzbekiston fuqarolari uchun MIFIda Rossiya davlat kvotasi asosida 30ta oʻrin ajratilganini va MIFIning Oʻzbekistonda ochiladigan filialiga 100 kishi qabul qilinishini xabar qildi.

Asosiy mavzular