13:56 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Migratsiya
Havola olish
634340

EPS-TOPIC test sinovlaridan oʻtgan har bir fuqaro oʻzining Koreya Respublikasida ishga joylashish statusi haqida yangi ishga tushirilgan korea.mehnat.uz sayti orqali maʼlumot olishi mumkin

TOSHKENT, 1 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston mehnat vazirligi fuqarolarni keyinchalik Janubiy Koreyada ishga joylashtirish uchun koreys tili boʻyicha test sinovidan oʻtkazish tartibidagi oʻzgarishlar haqida ochiq taqdimot oʻtkazdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Mazkur oʻzgarishlar korruptsiya va monopoliyaga yoʻl qoʻymaslik; shaffoflik va jamoat nazorati kabi uch muhim tamoyilga asoslangan.

Nimalar oʻzgardi?

Birinchi, EPS-TOPICka kirish uchun koreys tilini bilish boʻyicha saralash testlarni oʻtkazish huquqi barcha tadbirkorlik subʼyektlariga berildi. Mazkur faoliyat bilan shugʻullanish uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan Bilimni baholash markazi sifatida akkreditatsiyadan oʻtish zarur. Hozirgi kunda Andijon va Samarqanddan ikkita tashkilot akkreditatsiyadan oʻtdi. Bilimni baholash markazlari roʻyxati quyidagi manzil boʻyicha joylashtirilgan:

Ikkinchi, EPS-TOPICka kirish uchun oʻtkaziladigan saralash test sinovlari natijalari 2019 yil 1 iyundan boshlab, dinamik reyting koʻrinishida ochiq holda test.mehnat.uz saytiga joylashtirib boriladi. Reytingdagi oʻrinlar toʻplangan ballardan kelib chiqib shakllanadi.      

Uchinchi, EPS-TOPICka kirish uchun oʻtkaziladigan saralash test sinovlarida foydalaniladigan savollar ochiq holda quyidagi manzil boʻyicha joylashtirilgan.

Toʻrtinchi, EPS-TOPIC test sinovlaridan oʻtgan har bir fuqaro oʻzining Koreya Respublikasida ishga joylashish statusi haqida yangi ishga tushirilgan korea.mehnat.uz sayti orqali maʼlumot olishi mumkin.

Mazkur oʻzgarishlar test oʻtkazish va Oʻzbekiston fuqarolarini Koreyada ishga joylashtirish, shuningdek, saralashda hamma uchun birdek sharoit yaratish jarayonlarining shaffofligini taʼminlashga qaratilgan.

Asosiy mavzular